Assalamu alaykum, 2 ta savolim bor, 1-savolim: mayyit yuvilgan suvni ko'mib qo'yishlik to'g'rimi va 2-savolim: mayyitdan roziligini olish to'g'rimi ya'ni vafot etib bo'lgan odamdan oila a'zolari yoki yaqinlari v.h.k.larning undan rozilik so'rashlari to'g'rimi ?
Va alaykum assalom va rohmatullohi va barokatuh. Bismillahir rohmanir rohim.
“Mayyit yuvilgan suv nopokdir. Imom Muhammad rahimahulloh "Al-Asl" kitoblarida uni og'ir yoki yengil najosatga ajratmadilar. To'g'rirog'i shuki, agar mayyitni badanida najosat bo'lmasa, u suv obi mustamal bo'ladi. Lekin Imom Muhammad rahimahulloh najosat turiga ajratmaganlarining sababi, ko'p xollarda mayyitni badanida najosat bo'ladi. "Az-Zahiriyya" kitobida shunday deyilgan” ("Fatovoyi hindiya" kitobi). Xullas, mayyit yuvilgan suv shariatimizda alohida ehtirom qilinishi kerak bo'lgan suv emas. Shuning uchun uni insonlarga tegmaydigan joyga to'kish maqsadga muvofiq.