MAXFIY O‘QILADIGAN NAMOZNI JAHRIY O‘QISA

ID: 353

04.04.2025

17

Savol:

Maxfiy o‘qiladigan namozni boshqalar eshitadigan darajada qiroat qilish mumkinmi? Buni oqibati qanday?

Javob:

Bismillahir Rohmanir Rohim.

Namozxon maxfiy o‘qiladigan namozlarni o‘zi eshitadigan darajada qiroat qiladi. Imom adashib maxfiy qiroat o‘rinda jahriy, jahriy qiroat o‘rnida maxfiy o‘qishi sajdai sahvni vojib qiladi. Yolg‘iz o‘quvchi esa bunday xato sababli sajdai sahv qilmaydi. Faqat bitta holat istisno bo‘ladi: yolg‘iz o‘quvchi kishi o‘zini imom deb o‘ylab (maxfiy o‘rinda) xuddi imomday jahriy o‘qisa, unga ham sajdai sahv vojib bo‘ladi. Bu mavzuda Bahrur roiq kitobida shunday deyiladi:

 وذكر قاضيخان في فتاواه أن ظاهر الرواية وجوب السجود على الامام إذا جهر فيما يخافت أو خافت فيما يجهر قل ذلك أو كثر، وكذا في الظهيرية والذخيرة،

"Imom Qozixon o‘zining "Fatovo" kitobida zikr qiladi, Zohirur rivoyat shuki, imom kammi yo ko‘pmi jahriy namozni maxfiy, maxfiy namozni jahriy o‘qisa, sajdai sahv vojib bo‘ladi. "Zohiyriya" va "Zaxiratul fatovo" kitoblarida shunday kelgan".

واختلفت الرواية في المقدار والاصح قدر ما تجوز به الصلاة في الفصلين لان اليسير من الجهر والاخفاء لا يمكن الاحتراز عنه، وعن الكثير يمكن وما تصح به الصلاة كثير غير أن ذلك عنده آية واحدة، وعندهما ثلاث آيات وهذا في حق الامام دون المنفرد لان الجهر والمخافتة من خصائص الجماعة. 

"Sajdai sahvni vojib qiluvchi miqdor haqida rivoyatlar turlicha kelgan. Sahihrog‘i ikki holat (ya’ni, adashib maxfiy yoki jahriy o‘qish)da ham sajdai sahvni vojib qiladigan qiroat miqdori — namoz durust bo‘ladigan miqdordir. Chunki adashib ozgina jahriy yo maxfiy o‘qib qo‘yishdan saqlanib bo‘lmaydi, ko‘p o‘qib qo‘yishdan esa saqlanish mumkin. Namoz durust bo‘ladigan qiroat miqdori esa ko‘p hisoblanadi. Lekin bu miqdor Imom A’zam rahimahulloh nazdida bir oyat, Imom Abu Yusuf va Imom Muhammadlar nazdida esa uch oyatdir. Sajdai sahvning vojib bo‘lishi imomga tegishli masala, yolg‘iz o‘quvchiga emas. Chunki jahriy yo maxfiy o‘qish jamoatning xususiyatlaridan".

وفي الظهيرية: وروى أبو سليمان أن المنفرد إذا ظن إنه إمام فجهركما يجهر الامام يلزمه سجود السهو

"Zahiyriya kitobida aytiladi: "Abu Sulaymon rivoyat qiladiki, yolg‘iz o‘quvchi kishi o‘zini imom deb o‘ylab (maxfiy o‘rinda) xuddi imomday jahriy o‘qisa, unga ham sajdai sahv vojib bo‘ladi". Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi  Fatvo markazi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar