Masjidga kirish va chiqishda qanday duo o‘qiladi?
Bismillahir Rohmanir Rohim.
Kishi masjidga kirayotganda:
اللهُمَّ افْتَحْ لِي أَبْوَابَ رَحْمَتِكَ
“Allohummaftah liy abvaba rohmatik”, deb aytadi (Ma’nosi: Yo Alloh, menga rahmat eshiklaringni och).
Masjiddan chiqayotganda:
اللهُمَّ إِنِّي أَسْأَلُكَ مِنْ فَضْلِكَ
“Allohumma inniy as`aluka min fazlik”, deb aytadi. (Ma’nosi: Ey Rabbim, Sening fazlingni so‘rayman).
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi.