MASJIDDA TELEFONIMNI QUVVATLAB OLSAM BO‘LADIMI?

ID: 482

04.04.2025

26

Savol:

Masjidga borganimda namoz o‘qib bo‘lgunimcha telefonimni zaryadka qilib olsam bo‘ladimi?

Javob:

Bismillahir rohmanir rohiym.

Yo‘q, unday qilmang. “Fatovo Hindiya” kitobida shunday deyilgan:

ولا يحمل الرجل سراج المسجد الي بيته

“Kishi masjidning chirog‘ini uyiga olib ketmaydi”  (Fatovo Hindiya,1 jild, 110 bet).

Moboda bir kishi shunday qilgan bo‘lsa, foydalanilgan elektr pulini (tahminan bo‘lsa ham) masjid hisobiga qaytaradi.

و تجب القيمة في القيمي يوم غصبه اجماعا

Qiyamiy narsalarda nizo kunidagi qiymatni qaytarish ijmoan vojib bo‘ladi. (Durrul Muhtor,9 jild, 567 bet). (Navozil 18 jild, telefon masalalari bobi). Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi 

Fatvo markazi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar