MASBUQNING IMOMGA TO'RTINCHI RAKATDA IQTIDO QILISHI HUKMI

ID: 10243

03.04.2026

285

Savol:

Assalamu alaykum. Masbuq imomga 2-rakatning qadasi deb o'ylab ergashsa lekin imom 4-rakatning qadasida o'tirgan bo'lsa va namozni salom berib yakunlasa nima qiladi

Javob:

Va alaykum assalom. Agar masbuq (namozga kechikib qo'shilgan kishi) imomni to'rtinchi rakat qa'dasida (o'tirishida) topsa-ю, lekin o'zini ikkinchi rakatda deb o'ylab iqtido qilsa va imom salom bergach, masbuq turib qolgan rakatlarini davom ettirsa, uning namozi durust hisoblanadi. Чunki bu erda masbuqning rakatlar soni haqidagi yanglish gumoni namozning ruknlariga zarar etkazmaydi. Masbuq imom salom berganidan keyin darhol o'rnidan turib, qolgan uch rakatini (birinchi rakatda sano, a'uzu va bismilloh bilan boshlab) tartib bilan ado etadi va oxirida sajdai sahv qilmasdan namozini yakunlaydi. Vallohu a'lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar