Bugun bir dustimiz marketing xarom ekan degan gapni aytdi. Manbasini surasam, anik ayta olmadi, lekin shu gapni maruzasida aytgan inson «Odam Atoni xam shayton marketing kilib, jannatdagi man kilinga mevani yeyishga majbur kilgan», deb gapini asoslagan emish. Men xam savdo kilaman, marketing bilan xam shugullanaman dukonimni rivoji uchun. Reklamada yolg‘on ishlatmaslikka qattiq xarakat kilaman. Shu masalani oydinlashtirishga yerdam bersalaring.
Bismillahir Rohmanir Rohim. Ma’ruzachining "Odam ato" haqidagi ma’lumotlari qanchalik asosli ekanini bilmadik. Ammo reklamada fahsh suratlar, videolar, Alloh harom qilgan ichkiliklar, tamaki mahsulotlari va inson hayotiga xavf soladigan narsalar reklama qilinmasa bu ish joiz. Alloh taolo Qur’oni Karimda shunday marhamat qilgan:
وَتَعَاوَنُوا عَلَى الْبِرِّ وَالتَّقْوَى وَلَا تَعَاوَنُوا عَلَى الْإِثْمِ وَالْعُدْوَانِ وَاتَّقُوا اللَّهَ إِنَّ اللَّهَ شَدِيدُ الْعِقَابِ
ya’ni: «Ezgulik va taqvo (yo‘li)da hamkorlik qilinglar, gunoh va adovat (yo‘li)da hamkorlik qilmanglar! Allohdan qo‘rqinglar! Albatta, Alloh azobi qattiq zotdir» (Moida surasi, 2-oyat). Vallohu a’lam.