MARKETING

ID: 2109

23.08.2025

42

Savol:

Assalomu aleykum. Yaqinda do'stim bilan tortishib qoldim. U sotuv operatori bo'lib ishlaydi. Mijozga hozir bizda chegirma ketyapti, arzon narxda olsangiz bo'ladi deb aytsa marketing bo'ladi dedi do'stim. Lekin aslida u chegirma umuman bo'lmagan ham. Bu narsaga dinimiz qanday qaraydi. Bu yolg'on bo'ladimi yoki marketing?

Javob:

Va alaykum assalom va rohmatulloh va barokatuh. Bu shariatimizda yolg‘on hisoblanadi, yolg‘on esa eng katta gunohlardan. "Chegirma bo‘lyapti" degani "Aslida bu tovar qimmatdan sotiladi, lekin hozir arzon sotyapmiz" deganidir. Agar bu gap voqe’likka to‘g‘ri kelmasa, albatta yolg‘on bo‘ladi. Agar xaridor shu gapga ishonib tovarni sotib olsa, unga nisbatan zulm va xiyonat qilingan bo‘ladi. Buni "marketing" deb nomlash bilan halol bo‘lib qolmaydi. Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar