Agar uyqu paytida maniy kelishi kishini uygʻotib yuborsa, u toʻxtashi mumkin. Ammo, qaralsa huddi maniydek oppoq lekin quyuq, shiddatsiz, hidsiz boʻlmagan suyuqlik kelishi mumkinligini guvohi boʻldim. Bu holatda gʻusl vojib boʻladimi?
Bismillahir Rohmanir Rohim. Bir kishi uyqudan uyg'onganda kiyimi ëki badanida namlik ko'rsa va tushida ehtilom bo'lganini eslasa, namlikni maniy yoki maziy ekanligini aniq bilsin, yoki bilmasin g'usl vojib bo'ladi. Ammo ehtilom bo'lganini eslay olmasa, namlikni aniq maniy ekanini bilsa g'usl vojib bo'ladi. Shu holatda namlikni maziy ekanini aniq bilsa, g'usl vojib bo'lmaydi. Bordiю ikkilanib qolsa, bunda ulamolar ixtilof qilganlar. Imomi A'zam va Imomi Muhammad rahimahumalloh g'usl vojib bo'ladi deganlar. ("Fatovoyi hindiya" kitobi). Vallohu a'lam.