Makruh vaqtlarda tavof qilish joizmi?
Bismillahir Rohmanir Rohim.
Makruh (ya’ni nafl namozlar o‘qish makruh bo‘lgan) vaqtlarda Haj yoki umra uchun tavof qilishni ziyoni yo‘q. Bu haqida Roddul Muhtor kitobida:
(ثُمَّ صَلَّى شَفْعًا فِي وَقْتٍ مُبَاحٍ) قَيْدٌ لِلصَّلَاةِ فَقَطْ فَتُكْرَهُ فِي وَقْتِ الْكَرَاهَةِ بِخِلَافِ الطَّوَافِ
Ya’ni: Tavof qilib bo‘lgach namoz o‘qish muboh (ya’ni nafl namozi o‘qish mumkin bo‘lgan) vaqda ikki rakat namoz o‘qiydi. Ushbu qayd faqatgina namoz uchun bo‘lib, makruh vaqtlarda tavof namozini o‘qish makruhdir. Tavof esa makruh emas.
Demak, vaziyat taqozosiga ko‘ra, tongdan to quyosh chiqqunicha va Asr namozidan keyin to quyosh botgunicha bo‘lgan vaqt oralig‘ida tavof qilishning karohiyati yo‘q. Vallohu a’lam.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi.