MAHSINI ZAMOKI BUZILGANDA MASH TORTISH MUMKINMI?

ID: 603

04.04.2025

48

Savol:

Mahsini zamoki buzilib, to‘piqdan pastgacha ochiq tursa mash tortishga yaroqli bo‘ladimi?

Javob:

Bismillahir Rohmanir Rohim.

Mahsi oyoqning to‘piqqacha bo‘lgan joyini to‘liq yopmasa, unga mash tortib bo‘lmaydi. Hatto to‘piqqacha yopib turganda ham uchta kichik oyoq barmog‘i ko‘rinib turadigan teshigi bo‘lsa, unga mash tortib bo‘lmaydi.

Bu mavzuda faqih Alouddin Samarqandiy (1145 m.y. vafot./ 540 h.y.) rahimahulloh shunday deydilar:

ومن الشرائط - أن يكون لابسا خفا يستر الكعبين فصاعدا وليس به خرق كثير، لان الشرع ورد بالمسح على الخفين

“Oyoqqa mash tortishning shartlaridan biri – to‘piqni yoki undan ham balandroqni yopib turadigan, ko‘p teshik (yirtiq)lari bo‘lmagan mahsi kiyishdir. Chunki shariat mahsiga mash tortishni joriy qildi” (“Tuhfatul fuqaho” kitobi). Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi  Fatvo markazi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar