Assalomu alaykum, ustoz. Tahorat olib, oyoqqa mahsi kiygan zahoti yoki undan so'ng, tahorat olishdan va mahsi kiyishdan oldin qo'lga bo'yoq (kraska) yopishgani ma'lum bo'lib qolsa, nima qilish kerak? Mahsini echish kerakmi?
Vaalaykum assalom. Bo'yoq suv o'tkazmaydigan bo'lsa, uni ketkazib o'sha joyni юvish hamda mahsini echib, oyoqlarni юvish lozim bo'ladi. Chunki mahsiga mash tortish durust bo'lishi uchun, u tahorat to'liq bo'lganidan keyin kiyilgan bo'lishi shart. Vallohu a'lam.