Assalomu alaykum, ustoz. Savolim shunday, turmush oʻrtogʻim bilan nikohlanayotganimizda mahrni 15 gram tilla deb aytganlar va men rozi boʻlganman. Mahrni toʻydan keyin berishlarini ham aytganlar. Ammo toʻyimizdan soʻng chet el safariga chiqadigan boʻlib qoldik va men ham safarga olib borishlari uchun shart qoʻydilar. Shartlari mahrning oʻrniga sayohatga olib borish edi. Ustoz savolim shuki, hali olmagan mahrimni sayohatga almashtirishim joizmi yoki joiz emasmi? Javobingiz uchun oldindan rahmat. Alloh ilmingizni ziyoda qilsin.
Agar eringiz sizga taklif etayotgan sayohatning qayergaligi, muddati va tafsilotlari aniq bo‘lib, unda biror tushunmovchilik qolmasa, siz o‘z ixtiyoringiz va roziligingiz bilan 15 gramm tillo miqdoridagi mahringizni o‘sha sayohatga almashtirishingiz joiz.