MAHRGA QUR’ONI KARIMNI BERISH

ID: 395

04.04.2025

270

Savol:

Ayolim menga mahrni o‘rniga Qur’on kitobini olib bering deb aytdi, men olib berdim, endi mahrni bergan bo‘lamanmi?

Javob:

Bismillahir Rohmanir Rohim.

Mahr — ayol kishiga eri tomonidan berilishi lozim bo‘lgan, pul mablag‘i yoki shu qiymatga ega bo‘lgan biror narsadir. Mahrning eng kam miqdori 10 dirham (ya’ni zakot nisobining yigirmadan bir qismi)ga tengdir.

Savolda so‘ralgan masalaga kelsak, fiqhiy qoidalarga ko‘ra agar mahr (er yoki xotin tomonidan belgilanib) aytilgan bo‘lib, u mahrning eng kami (ya’ni zakot nisobining yigirmadan bir qismi)dan arzon bo‘lsa kelinga yosh, nasab, oilaviy sharoit va kasb-hunar jihatidan barobar bo‘lgan ayollarga belgilangan mahrni berish vojib bo‘ladi. Demak, ayolingiz mushaf olib berishingizni so‘ragan bo‘lsa va mushafning qiymati yuqorida aytib o‘tilgan 10 dirham (4.25 gr tillaning qiymati)dan kam bo‘lsa bu bilan mahr ado topmaydi. Yetmagan qiymatni qo‘shib berish shart. Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi  Fatvo markazi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar