MAHRGA QO'SHIMCHA QILISH

ID: 2490

10.09.2025

124

Savol:

Nikoh o'qilvotganda mahrni "spalniy kamplekt" deganlar. Mahrni mandan sõramaganlar. Man keyin mahrga uy va tilla so'raganman nikoh kechasi rozi bo'lganlar. Oradan vaqt õtib so'ragaman, "bermiman uy va tillani" deganlar. "Guvohing yo'q, nikoh o'qilvotganda "spalniy kamplekt" deganman, boshqa narsa bermiman, guvohing yo'q" deydi. To'ydan kelgan uyda rozi bo'lgansz, desam yo'q divottila. Nima qilsam bõladi?

Javob:

Hanafiy mazhabidagi mo‘’tabar manbalardan bir bo‘lgan “Durrul muhtor” kitobida quyidagicha yozilgan:

(وَمَا فُرِضَ) بِتَرَاضِيهِمَا... (بَعْدَ الْعَقْدِ)... (أَوْ زِيدَ) عَلَى مَا سُمِّيَ فَإِنَّهَا تَلْزَمُهُ بِشَرْطِ قَبُولِهَا فِي الْمَجْلِسِ... وَمَعْرِفَةِ قَدْرِهَا...

“Nikoh aqdidan keyin... ikki tomonning o‘zaro roziligi bilan... yoki belgilangan mahrga (qo‘shimcha) ziyoda qilinsa, bas, (o‘sha qo‘shimcha) erning zimmasiga lozim bo‘ladi (vojib bo‘ladi), bu (qo‘shimchaning) miqdori ma’lum bo‘lishi va (agar er taklif qilsa) ayolning o‘sha majlisda qabul qilishi sharti bilan”.

Ushbu fiqhiy qoidadan ma’lum bo‘ladiki, nikoh aqdida bir mahr belgilanganidan keyin ham, er-xotin o‘zaro rozilik bilan o‘sha mahrga qo‘shimcha qilishlari mumkin.

Sizning holatingizda, nikoh kechasi "uy va tilla" so‘raganingizda eringiz rozi bo‘lgan ekan. Demak, o‘sha "uy va tilla" ham asliy mahringizga qo‘shilib, eringizning zimmasidagi ado etilishi vojib bo‘lgan qarzga aylangan. Endi uning "bermayman" deyishi xotinning haqqini poymol qilish hisoblanadi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar