Assalomu alaykum qaynsingil opasi va opasining eri bilan birgalikda safarga chiqishi mumkinmi? Oldindan rahmat
Opaning eri, ya’ni pochcha qaynisingil uchun nomahram hisoblanadi, chunki ular o‘rtasidagi nikoh doimiy emas, balki vaqtinchalik man qilingan. Ayol kishi shar’iy safar masofasiga faqat eri yoki o‘ziga doimiy mahram bo‘lgan shaxs bilangina chiqishi mumkin. Shu sababli, agar yonida ota, aka-uka kabi boshqa bir mahrami bo‘lmasa, qaynsingilning opasi va pochchasi bilan safarga chiqishi joiz emas.