Assalomu alaykum, yaxshimisizlar? Men uylanganman, shariatga muvofiq shu yil bahorda nikohdan ham o‘tganman. Nikoh o‘qilayotgan paytda domla mendan "Mahrga nimangiz bor?" deganda, men tilla uzuk berganimda, uzukni narigi tomonga berib, "Rozimikan?" deganda, "Ha, roziman" degan edi. Endi savol: men bu holatda mahrni to‘la ado etgan bo‘lamanmi? Yoki qizdan ham "Mahrga nima xohlaysiz?" deb so‘rash kerakmi?
Va alaykum assalom. Nikoh asnosida kelin tomon siz taklif qilgan tilla uzukka rozilik bildirgani uchun, aynan o‘sha uzuk belgilangan mahr hisoblanadi va siz uni ado etgan bo‘lasiz. U taklifingizga rozi bo‘lgani sababli, undan "nima xohlaysiz" deb qayta so‘rashingiz shart bo‘lmagan.
Biroq, mahrning eng kam miqdori 10 dirham kumush qiymatidan, aniqrog‘i zakot nisobining 20 dan biri miqdoridan oz bo‘lmasligi lozim. Agar siz bergan uzukning qiymati shu miqdordan kam bo‘lsa, farqini to‘liqlab berishingiz kerak, agar undan ortiq yoki teng bo‘lsa, zimmangizdagi mahr majburiyati to‘liq ado etilgan. Vallohu a’lam.