Assalomu alaykum. Mening savolim quyidagicha: Xotin erining ish haqqining 10 %ni har oyda berishini mahr sifatida so‘radi. Bu mahr hisobida o‘tadimi? Agar bu mahr hisoblansa, vaqtinchalik ishsiz bo‘lgan davrda nima qilish kerak? Javob uchun oldindan rahmat.
Shariatimizda mahrning miqdori aniq va ma’lum bo‘lishi shart. Erning kelajakda oladigan har oylik ish haqining muayyan foizini mahr qilib belgilash durust emas. Chunki nikoh aqdi paytida erning har oy qancha maosh olishi, bu maoshning davomiyligi va umumiy miqdori noma’lumdir. Bu esa mahrdagi noaniqlikka olib keladi.