Otam 2023 yil olamdan utganlar. Onamga mahrga xech narsa obermaganlar. Dadamni nomidan onamga mahrga aytgan narsasini obersam buladimi?
Bismillahir Rohmanir Rohim. Mahr ham erning zimmasidagi ado qilinishi zarur bo'lgan haqlardan biridir. Ado qilinmagan mahrning nasiya qismining ado qilish muddati er-xotinlardan birlarining o'limi yoki o'rtaga taloq tushib ajrashilganda etib kelgan bo'ladi. Shuning uchun er mahrni bermasdan vafot etib ketgan bo'lsa va marhumning uy-joyi, mashinasi, chorva hayvonlari, pul va boshqa narsalardan iborat mol-dunyolari bo'lsa, o'shalarni merosxo'rlarga berishdan oldin barcha qarzlari, jumladan xotinning mahri ham uzilishi shart. Agar hech narsa qoldirmagan bo'lsa yoki qoldirgan moli etarli bo'lmasa, u holda o'g'li yoki boshqa merosxo'rlar istasa, otamizning mahrlari uchun, deb ado qilib qo'yishlari mumkin. Ado qilmasalar, qiyomatga qoladi. Vallohu a'lam.