MAHR

ID: 13438

17.06.2026

255

Savol:

Turmush qurganimizga uch yil bo'ldi. Nikoh o'qilayotgan paytda kelin mahr sifatida o'quv markazi ochib berishni shart qilgan, kuyov ham bunga rozi bo'lgan. Lekin nikohdan keyin farzandlar tug'ilgani sababli, kelinning o'quv markazi юritishga vaqti etmayapti. Kuyov esa mahrni tezroq ado etishni istamoqda, chunki mahr qarzini uzmasdan юrish yaxshi emasligini eshitgan. Kelin hamon o'quv markazini talab qilmoqda, uni amalga oshirish uchun esa yana besh-o'n yil vaqt ketishi mumkin. Shu vaziyatda kuyov nima qilishi ma'qul? Mahrni qanday yo'l bilan ado etsa bo'ladi?

Javob:

Bismillahir Rohmanir Rohiym. Nikoh paytida «o'quv markazi ochib berish» kabi qiymati, jinsi va sifati aniq bo'lmagan ish yoki mulk mahr sifatida belgilansa, shariatga ko'ra bunday holatda ayolga «mahri misl», ya'ni otasi urug'idagi tengqur ayollarga (opa-singil yoki ammalariga) odatda beriladigan mahr vojib bo'ladi. Shu sababli, kuyov zimmasidagi mahr qarzidan tezroq qutulish uchun kelinning otasi tomonidagi qarindosh ayollarining mahriga qarab o'rtacha mahr qiymatini hisoblab chiqishi va shuni pul yoki boshqa mulk ko'rinishida ado qilishi eng to'g'ri yo'ldir.

Mo''tabar fiqhiy manbalarimizdan «Fatovoi Olamgiriya» asarida bunday yozilgan:

(نَوْعٌ) هُوَ مَجْهُولُ الْجِنْسِ وَالْوَصْفِ كَمَا لَوْ تَزَوَّجَهَا عَلَى ثَوْبٍ أَوْ دَابَّةٍ أَوْ دَارٍ فَلَهَا مَهْرُ الْمِثْلِ

«(Mahrning yana bir) turi – jinsi va sifati noma'lum bo'lganidir. Masalan, kiyim, ulov yoki hovli evaziga nikohlansa, ayolga mahri misl beriladi».

Vallohu a'lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar