MADINADAN POEZDDA KETISHDA EHROMGA KIRISH

ID: 7021

05.02.2026

154

Savol:

Madinadan Makkaga tezюrar poezdda ketsam, ehrom niyatini mehmonxonada qilsam bo'ladimi? Ikki rakat namoz va niyatni mehmonxonada o'qisam bo'ladimi? Poezd Zulhulayfaga to'xtamaydi. Yoki avval Zulhulayfaga borib, ikki rakat namoz va niyat qilib, keyin poezdga boraymi? Oldindan rahmat.

Javob:

Bismillahir Rohmanir Rohim. Madinadagi mehmonxonangizda yoki vokzalda g'usl qilib, ikki rakat namoz o'qib, ehrom niyatini qilishingiz mumkin. Buning uchun aynan Zulhulayfaga borish shart qilinmagan. Zulhulayfa bu ehromsiz kesib o'tish mumkin bo'lmagan chegaradir. Poezdda bu chegaradan bilmay o'tib ketmaslik uchun ehrom amallarini mehmonxonada yoki boshqa qulay joyda bajarib olish maqsadga muvofiqdir. Vallohu a'lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar