Assalomu alaykum, ustoz savolim shundan iboratki, yaqinda bir faoliyat yuritayotgan firma musulmon shariatlariga muvofiq ish olib boramiz va fatvo olganmiz deb axborot bermoqda shu haqida rostdan ham fatvo berilganini bilmoqchi edim. IMAN kompaniyasiga O‘zbekiston Musulmonlar Idorasi tomonidan fatvo taqdim etilganmi ?
Va alaykum assalom va rohmatulloh. Yo‘q, IMAN kompaniyasiga Musulmonlar idorasi tarafidan rasmiy fatvo taqdim qilinmagan. Ammo bu ularning faoliyati shariatga zid degani emas, albatta. Bilishimizcha, ularda chet ellik olimlar tarafidan berilgan shariatga muvofiqlik sertifikati bor, o‘shani so‘rab ko‘ring.