HALOL YORLIG'IGA EGA JELATINNI ISTE'MOL QILISH

ID: 4684

30.11.2025

61

Savol:

Assalomu alaykum, ustozlar. Ustiga "halol" deb yozilgan jelatinni ishlatsak bo'ladimi?

Javob:

Vaalaykum assalom. Jelatinning halol bo'lishi uchun u o'simlikdan yoki shar'iy so'yilgan halol hayvondan olingan bo'lishi shart. Shu bois, qadoqdagi "halol" yorlig'ini bergan tashkilotning ishonchli va tan olingan ekanligiga e'tibor qaratish lozim. Agar manbasi aniq bo'lmasa yoki shubha tug'dirsa, tark etish taqvo юzasidan afzaldir. Vallohu a'lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar