Biz Lut qavmini kim bo‘lganligini bilamiz, ular nima ishlar qilganini ham. Endi savolim shundan iboratki, ularga mansub bo‘lgan odamlarni ko‘rganimizda nima qilaylik, shariat nima deydi? Ularni uraylikmi, o‘ldiraylikmi yo indamaslik kerakmi?
Bismillahir Rohmanir Rohim.
Ularni qilayotgan ishlari shunday bir og‘ir gunohki, Alloh taolo tarixda bu gunohni qilgan qavmning barchasini halok qilgan.
فَلَمَّا جَاءَ أَمْرُنَا جَعَلْنَا عَالِيَهَا سَافِلَهَا وَأَمْطَرْنَا عَلَيْهَا حِجَارَةً مِنْ سِجِّيلٍ مَنْضُودٍ
«Endi qachonki Bizning farmonimiz (ya’ni, azobimiz) kelganida, u joylarni ostin-ustin qilib yubordik va ularning (kofirlarning) ustiga Parvardigoringiz dargohida belgilab qo‘yilgan sopol toshlarni paydar-pay yog‘dirdik. (Hud surasi, 82-oyat)
Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytgan edilarki: «Ummatim xususida qo‘rqqan narsalarimning eng qo‘rqinchlirog‘i Lut qavmining amalidir» (Ibn Moja rivoyati).
Boshqa bir hadisi sharifda esa: «Lut qavmi amalini qilgan kimsani Alloh la’natlasin», deb uch bora takrorlaganlar (Ibn Hibbon rivoyati).
Lekin bunday insonlarni ko‘rganimizda ularga o‘zimizdan kelib chiqib jazo qo‘llashimiz mumkin emas. Ularni jazolashni maxsus vakolatli idoralar amalga oshiradi. Bizning vazifamiz chiroyli nasihat va qilayotgan ishlari og‘ir gunoh ekanini tushintirishdir. Vallohu a’lam.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.