Er ayoliga: "O‘rtamizda nikoh yo‘q", degan bo‘lsa, buni hukmi qanday bo‘ladi.
Bismillahir Rohmanir Rohiym.
Er ayoliga: "O‘rtamizda nikoh yo‘q” desa, er-xotin o‘rtasiga taloq tushish yoki tushmasligi erning niyatiga bog‘liq bo‘ladi. Ya’ni agar er ushbu gapni taloq qilish maqsadida aytgan bo‘lsa, taloq tushadi. Agar taloq qilish niyatida aytmagan bo‘lsa, taloq tushmaydi. Bu haqida fatvo kitoblarimizda shunday deyilgan:
وَلَوْ قَالَ لَهَا لَا نِكَاحَ بَيْنِي وَبَيْنَك أَوْ قَالَ لَمْ يَبْقَ بَيْنِي وَبَيْنَك نِكَاحٌ يَقَعُ الطَّلَاقُ إذَا نَوَى
“Er ayoliga: “Men bilan sening oramizda nikoh yo‘q”, desa yoki: “Sen bilan mening oramizda hech narsa qolmadi”, desa va bundan taloqni niyat qilsa, taloq tushadi” (“Fatavoi hindiyya” kitobi). Vallohu a’lam.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi.