Junub holatda chaqaloqni emizsa boladimi
Bismillahir Rohmanir Rohim. Junub, ya'ni g'usl vojib bo'lgan ayol, shuningdek hayz ko'rayotgan ayol bolasini emizishi joiz. Bu borada shunday zikr qilingan: فإنه يجوز للأم أن ترضع ولدها، وهي على جنابة، والمسلم لو أصابته جنابة، فإنه لا ينجس، وقد قال النبي صلى الله عليه وسلم: إن المؤمن لا ينجس (رواه البخاري ومسلم). “Ona janobat holatida ham bolasini emizishi joiz bo'laveradi. Чunki musulmon odamga janobat etsa, u nopok bo'lmaydi. Zero, Nabiy sollallohu alayhi vasallam shunday deganlar: “Mo'min nopok bo'lmaydi” (Imom Buxoriy va Muslim rivoyat qilishgan)” (“Al-Mavsua al-fiqhiyya” kitobi). Shunga ko'ra, ba'zilarning “Junub ayol bolasini emizib bo'lmaydi”, degan gaplari asossiz va shar'iy dalilga tayanmagan holda aytilgan gap bo'lib, unga e'tibor qilinmaydi.