Assalomu alaykum, ustoz. Bilamizki, ilm Alloh roziligi uchun olinadi. Men ingliz tilini o'rganyapman. Chetga ishlab, halol rizq topish uchun. Shu maqsadda ilm olsam, gunoh bo'lmaydimi?
Va alaykum assalom. Halol rizq topish maqsadida til o'rganishga bo'lgan intilishingizda gunoh yo'q. Aksincha, halol kasb qilish va ro'zg'or tebratish niyatida ingliz tili yoki boshqa dunyoviy ilmlarni o'rganishingiz savobli ishdir.
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim Alloh azza va jallaning roziligi istaladigan ilmni (ya'ni din ilmini) faqat dunyo matosiga erishish uchun o'rgansa, qiyomat kuni jannatning hidini ham topmaydi», dedilar (Abu Dovud, Ibn Moja va Imom Ahmad rivoyatlari).
Siz eshitgan ushbu hadis dunyoviy ilmlarga emas, balki aynan Allohning roziligi uchun o'rganilishi lozim bo'lgan shar'iy ilmlarni dunyoviy manfaat, obro' yoki mol-dunyo topish maqsadida o'rganganlarga tegishlidir. Halol kasb uchun hunar yoki til o'rganish bu hadisning hukmi ostiga kirmaydi.