Ro‘zada iftordan keyin yotishdan oldin ro‘zaga niyat qilib saharlikka turmasa bo‘ladimi?
Bismillahir Rohmanir Rohim.
Ertasi kuni tutadigan ro‘zasi durust, lekin saharlik qilish sunnatini tark qilgan bo‘ladi. Saharlikning savobidan quruq qoladi. Bu haqida Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi vasallam shunday deydilar:
عن أنس - رضي الله عنه - ، قَالَ : قَالَ رسولُ الله - صلى الله عليه وسلم - : (( تَسَحَّرُوا ؛ فَإنَّ في السُّحُورِ بَرَكَةً )) متفقٌ عَلَيْهِ .
"Saharlik qilinglar. Chunki saharlikda baraka bor" (Muttafaqun alayh).
Demak, saharlik bilan ro‘za tutishga odatlanish kerak. Vallohu a’lam.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi.