KULDIRISH UCHUN YOLG‘ON GAPIRISH

ID: 251

04.04.2025

18

Savol:

Yolg‘onchilikning yomon gunoh ekanini bilaman, lekin odamlarga hazil qilib turaman. Natijada yolg‘on gapirishga to‘g‘ri keladi.

Javob:

Bismillahir rohmanir rohiym.

Yolg‘on gapirish hazil uchun bo‘lsa ham, gunoh.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam odamlarni kuldirish maqsadida gapiriladigan yolg‘ondan musulmonlarni qaytarib, bunday deganlar: “Qavmni kuldirish uchun yolg‘on gapiradigan kimsaga vayl (azob, jahannam) bo‘lsin, vayl bo‘lsin, vayl bo‘lsin,...” (Imom Abu Dovud, Termiziy va Nasoiylar rivoyati).

Yana bir hadisda esa mana bunday deganlar: “Banda yolg‘onni hatto mazah va janjal o‘rnida ham tark qilmagunicha to‘liq iymon keltiruvchi bo‘lmaydi, agarchi o‘zi rostgo‘y bo‘lsa ham” (Imom Ahmad va Tobaroniylar rivoyati). Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi  Fatvo markazi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar