QAZO RO‘ZANI HAM BUZIB QO‘YSA IKKI KUN RO‘ZA TUTIB BERISHI VOJIB BO‘LADIMI?

ID: 850

04.04.2025

56

Savol:

Qazo ro‘zasini niyat qilib ro‘za tutgan bo‘lsa va uni ochib yuborsa, ochib yuborgan kunning ro‘zasiga oldin tark etgan qazo ro‘zasini ham qo‘shib ikki kun qazo tutishi vojib bo‘lib qoladimi?

Javob:

Bismillahir Rohmanir Rohim.

Qazo ro‘zani tutayotgan kishi uni buzib qo‘ysa, unga kafforat vojib bo‘lmaydi. Balki yana faqat bir kun qazo ro‘zasini tutish lozim bo‘ladi. Muhaqqiq olim Mulla Ali Qori shunday deydilar:

أو أكل أو شرب غذاء أو دواء عمدا قضي وكفر كالمظاهر وهي بإفساد أداء رمضان لا غير أي لا بإفساد قضائه ولا بإفساد أداء غيره

Ya’ni: “Kim qasddan taom yoki dori yeb-ichsa, qazo qiladi va zihor qilgan kishidek kafforat to‘laydi. Kafforat to‘lash faqat Ramazon ro‘zasini tutayotganda ro‘zasini buzsagina lozim bo‘ladi. Boshqa ro‘zalarda (qazo, nafl, nazr) ochib yuborsa, bir kuniga bir kun ro‘za tutib beradi. (“Fathu bobil inoya” kitobi). Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi  Fatvo markazi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar