KO'ZOYNAK BILAN NAMOZ O'QISH

ID: 4030

08.11.2025

129

Savol:

Mening chap ko‘zimda xiralik bor, ko‘z doktorlar ko‘zoynak taqishni aytyaptilar. O‘zi ikkala ko‘zim bilan ko‘rsam, tiniq, ammo chap ko‘zimni o‘zi bilan xira ko‘raman. Shu holatda namozni ko‘zoynak bilan o‘qisam bo‘ladimi? Va ko‘zoynaksiz yoki ko‘zoynak bilan namoz o‘qiganda qaysi biri afzal?

Javob:

Bismillahir Rohmanir Rohim. Ha, ko‘zoynak taqib namoz o‘qish joiz bo‘lib, bunda hech qanday karohiyat yo‘q. Ammo u sajda qilganda burunning yerga tegishiga to‘sqinlik qilmasligi kerak. Bu masalaga "Imdod ul-Fatovo" kitobiga yozilgan hoshiyada Muftiy Shabbir Ahmad Qosimiy batafsil to‘xtalib, shunday deganlar: "Ko‘rish uchun mo‘ljallangan ko‘zoynakni umumiy tarzda “fe’li abas” deb bo‘lmaydi. Chunki ko‘zi ojiz odamlar uchun buni "fe’li abas" deyish qiyin. Sababi, ko‘pchilik ko‘zoynaksiz hech narsa qila olmaydi. Ha, albatta, agar odam shunchaki havas uchun, ziynat maqsadida ko‘zoynak taqqan bo‘lsa, ko‘rishda esa hech qanday muammosi bo‘lmasa, garchi qoida bo‘yicha bu aslida joiz bo‘lsa ham, lekin shu sababli sajda to‘g‘ri ado etilmasa (ya’ni, burun yerga tegmasa), unda makruhlik paydo bo‘ladi. Agar sajda qilishda hech qanday muammo bo‘lmasa, u bilan (ko‘zoynak bilan) namoz o‘qish karohiyatsiz joizdir". Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar