KO‘ZI OJIZ ODAM IMOMLIKKA O‘TSA BO‘LADIMI?

ID: 123

04.04.2025

27

Savol:

Ko‘zi ojiz odam imom bo‘lib namoz o‘qisa bo‘ladimi? Xatmi Qur’ondachi?

Javob:

Bismillahir Rohmanir Rohim.

Agar jamoat ichida imomlikka ko‘zi ojiz odamdan loyiqroq kishi bo‘lmasa, o‘sha ko‘zi ojiz kishi imom bo‘lgani avlo (afzal) bo‘ladi ("Fathu bobil inoya" kitobi. "Namoz" bobi).

Lekin jamoat ichida ko‘zi ojizdan loyiqroq kishi bo‘lib turib, o‘sha ko‘zi ojiz kishi imomlikka o‘tsa, namoz durust, lekin makruh bo‘ladi ("Muxtasarul viqoya" kitobi. "Namoz" bobi).

Nafl namozlarda ham hukm shunday. Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Fatvo markazi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar