KO‘ZDAN CHIQQAN YOSH TAHORATNI BUZADIMI?

ID: 72

04.04.2025

313

Savol:

Kasallik sababli keladigan ko‘z yoshi tahoratni buzadimi?

Javob:

Bismillahir rohmanir rohiym.

Agar ko‘z yoshi ko‘zdagi kasallik tufayli chiqsa, tahorat buziladi. Bu haqida shunday deyiladi:

وَلَوْ كَانَ فِي عَيْنَيْهِ رَمَدٌ أَوْ عَمَشٌ يَسِيلُ مِنْهُمَا الدُّمُوعُ قَالُوا يُؤْمَرُ بِالْوُضُوءِ لِوَقْتِ كُلِّ صَلَاةٍ لِاحْتِمَالِ أَنْ يَكُونَ صَدِيدًا أَوْ قَيْحًا كَذَا فِي التَّبْيِينِ .

"Agar biror kishining ko‘zida oftalmiya (ko‘z pardasining yallig‘lanishi) yoki ko‘z shilpiqlanishi kasalligi bo‘lib, undan yosh oqayotgan bo‘lsa ulamolar: “Oqayotgan ko‘z yoshi yiring yoki jarohatdan oqadigan sariq suv bo‘lishi ehtimoli borligi uchun u kishini har bir namozga yangi tahorat qilishga buyuriladi” (“Tabyin” kitobi). Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar