Assalomu alaykum. Mening savolim quyidagicha: men Game club (o'yin klubi) ochish niyatim bor edi, lekin undan keladigan mablag' halolmi yoki harommi, bilolmayapman. Chunki u erda o'ynaladigan o'yinlar insonlarning vaqtini va yoshlarni ma'naviy jihatdan o'zgartiradi deb o'ylayapman. Shunga sizlarga murojaat qildim! Javobingiz uchun oldindan rahmat!
Vaalaykum assalom. Agar o'yinlar shariatga zid narsalardan xoli bo'lsa va farz ibodatlarga to'sqinlik qilmasa, bu ishdan topilgan daromad harom emas. Biroq, bu joylar ko'pincha vaqtni isrof qilish va yoshlar tarbiyasiga salbiy ta'sir etishga sababchi bo'lgani uchun, buni kasb qilmagan ma'qul. Ko'ngil xotirjamligi uchun shubhali narsalardan saqlanib, jamiyatga ko'proq nafi tegadigan tijorat bilan shug'ullanishingiz taqvoga yaqinroqdir. Vallohu a'lam.