KO'KNORI

ID: 3244

13.10.2025

141

Savol:

Assalomu alaykum ko'knorining dinimizda hukmi qanday? Oldindan rahmat.

Javob:

Va alaykum assalom. Alloh taolo Baqara surasi, 219-oyatida shunday marhamat qiladi: Sendan xamr va qimor haqida so‘rarlar. “Ikkisida katta gunoh va kishilar uchun manfaat bor va gunohlari naflaridan kattadir”, deb ayt. Va sendan nimani nafaqa qilishni so‘rarlar. “Ortiqchasini”, deb ayt. Alloh shundoq qilib sizga O‘z oyatlarini nozil qiladi. Shoyadki, tafakkur qilsangiz. Oyatdagi “xamr” so‘zini ichkilik, aroq yoki vino deb tarjima qilmadik. Chunki “xamr” so‘zi umumiy bo‘lib, iste’mol qilgan kishining aqlini to‘suvchi, ya’ni bir oz bo‘lsada ta’sir o‘tkazuvchi barcha narsaga aytiladi. Buning ichiga barcha spirtli ichimliklar hamda nasha, qoradori, ko‘knori va boshqalar ham kiradi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar