KITOBGA QARAB NAMOZ O‘QISH MUMKINMI?

ID: 208

04.04.2025

13

Savol:

Ba’zan ijtimoiy tarmoqlarda guvoh bo‘lib qolyabmiz: Namozda Qur’onga qarab o‘qiyapdi, shu ish to‘g‘ri bo‘ladimi?

Javob:

Bismillahir Rohmanir Rohim.

Kitobga qarab namoz o‘qish namozni buzilishiga sabab bo‘ladi. Chunki ulamolarimiz namozdagi kishi kitobga qarab qiroat qilishini namoz o‘qimayotgan kishidan bir narsani o‘rganib, uni qiroat qilishga o‘xshatganlar va bu bilan namoz buziladi deb fatvo berganlar. Bu haqida “Durarul hukkom” kitobida quyidagi matn keltirilgan:

وَيُفْسِدُهَا ( قِرَاءَتُهُ مِنْ مُصْحَفٍ )؛ لِأَنَّهُ يَتَلَقَّنُ مِنْ الْمُصْحَفِ فَأَشْبَهَ التَّلَقُّنَ مِنْ غَيْرِهِ

ya’ni: “(Namoz ichida) mushafga qarab o‘qish – namozni buzadi. Chunki bu  mushafdan o‘rganish hisoblanib, namoz o‘qimayotgan kishidan narsa o‘rganishga  o‘xshaydi”.

Mulla Aliy Qori rahmatullohi alayh “Fathu bobil inoya” kitobida va Alloma Abdulhay Laknaviy rahmatullohi alayh ham “Naf’ul muftiy” kitobida namoz ichida turib kitobga qarab o‘qiganda – namoz buzilishini bayon qilganlar. Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar