KISHI O‘ZIGA DAM SOLIB YURISHI

ID: 452

04.04.2025

38

Savol:

Kishi o‘ziga dam solish kerak bo‘lsa yoki farzandlariga, "yo‘q baribir kuchingiz yetmaydi, bo‘yniga olgan domlalar dam soladi" degan fikr to‘g‘rimi?

Javob:

Bismillahir Rohmanir Rohim.

Musulmon odam o‘ziga ham voyaga yetmagan farzandlariga ham dam solib yurishi zarur. Buning uchun ertalab va kechqurun Oyat al-kursiy, Ixlos, Falaq va Nos kabi Ruqiya uchun o‘qiladigan sura va oyatlarni va ayrim duolarni o‘qib qo‘yishi kerak. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam yosh bolalarga quyidagi duolarni ham o‘qiganlar.

عَنِ ابْنِ عَبَّاسٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: كَانَ النَّبِيُّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يُعَوِّذُ الْحَسَنَ وَالْحُسَيْنَ يَقُولُ: أُعِيذُكُمَا بِكَلِمَاتِ اللهِ التَّامَّةِ مِنْ كُلِّ شَيْطَانٍ وَهَامَّةٍ وَمِنْ كُلِّ عَيْنٍ لَامَّةٍ، ثُمَّ يَقُولُ: كَانَ أَبُوكُمْ يُعَوِّذُ بِهِمَا إِسْمَاعِيلَ وَإِسْحاَقَ عَلَيْهِمُ السَّلَامُ. رَوَاهُ أَبُو دَاوُدَ وَالتِّرْمِذِيُّ بِسَنَدٍ صَحِيحٍ

Ibn Abbos roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam Hasan va Husaynga panoh tilab: «U’iyzukumaa bikalimaatillahit-taammah. Min kulli shaytonin va haammah. Va min kulli aynin laammah» der va so‘ngra: «Bobongiz bular ila Ismoil va Ishoq alayhimussalomga panoh tilar edi», der edilar».

Bu gap mijozlari kamayib ketishidan qo‘rqqan va dam solishni o‘ziga kasb qilib olganlarning da’vosi.

To‘g‘ri ayrim hollarda kasallik kuchliroq bo‘lganda, masalan, jin ta’sir qilganda, sehr qilinganda va shu kabi holatlarda maxsus malakali, ilmli olimlar o‘qiydi. Chunki bu ishlar maxsus tayyorgarlik va alohida ilm talab qiladi. Vallohu a’lam. O‘zbekiston musulmonlari idorasi  Fatvo markazi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar