Assalamu alaykum Youtube ilovasida Chet el fuqarolari uchun turli xil oʻyinlar shunga oʻxshash kontentlar qilib shu kontentlarni koʻrilgani uchun topilgan daromad halolmi
YouTube kabi platformalardan daromad topishning halol yoki haromligi kontentning mazmuniga bog‘liq. Agar sizning videolaringiz shariatimizga zid bo‘lmagan, insonlarni gunohga, zo‘ravonlikka, qimorga targ‘ib qilmaydigan, odob-axloq me’yorlariga mos keladigan bo‘lsa, bunday faoliyatdan olingan daromad halol hisoblanadi.
Biroq, kontentingiz bilan birga ko‘rsatiladigan reklamalarning ham shariatga muvofiq bo‘lishiga e’tibor qaratish muhimdir. Shunday ekan, asosiy e’tiborni kontent va reklamalarning islomiy qoidalarga muvofiqligiga qaratish lozim.