KEYINGI NAMOZGACHA QUR'ON TILOVAT QILISH

ID: 6576

26.01.2026

177

Savol:

Assalamu alaykum. Men ko'pincha namozni tugatib Qur'on o'qiyman. Keyingi namoz vaqti kirgunicha vaqt kamroq bo'ladi. Erim bunday vaqtda kitob o'qish mumkin emas, dedilar. Shu ishim joizmi?

Javob:

Vaalaykum assalom. Shariatimiz ahkomlariga ko'ra, hatto namoz o'qish qat'iyan mumkin bo'lmagan vaqtlarda – quyosh chiqayotganda, qiyomga kelganda va kun botayotganda ham Qur'oni karim tilovat qilish joizdir. Eringiz namoz o'qish nojoizligi masalasini tilovat qilish bilan chalkashtirgan bo'lishi mumkin. Zikr va tilovat uchun dinimizda bunday cheklov yo'q. Vallohu a'lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar