Sochni keratin qildirish mumkinmi?
Bismillahir Rohmanir Rohim. Bu muolajaning hukmi ishlatiladigan moddaning xususiyatiga bog‘liq. Agar keratin vositasi soch tolasiga singib, uning ustida suv o‘tkazmaydigan alohida qatlam hosil qilmasa, bu joiz. Chunki bu holat g‘uslda sochning barcha qismiga suv tegishiga to‘sqinlik qilmaydi. Aksincha, agar u soch sirtini yelim kabi qoplab, tagiga suv o‘tishiga to‘sqinlik qilsa, bunday muolaja durust emas, zero bu g‘uslning mukammal bo‘lishiga monelik qiladi. Vallohu a’lam.