KO'P QAZOSI BOR KISHI UCHUN NAMOZLARNI ADO ETISH TARTIBI

ID: 4784

04.12.2025

184

Savol:

Assalomu alaykum. Besh vaqt namoz o'qiyman. Lekin oktyabr va noyabr oylarida faqat Bomdodni o'qidim. Qolganlari qazo bo'ldi. Shu qazo borasida bir savolga bergan javobingizda Bomdodni o'qish uchun avval qazo namozni, keyin vaqti kirgan namozni o'qish kerak debsiz. Hozir mening vaziyatimda qanday maslahat berasiz?

Javob:

Vaalaykum assalom. Qoldirilgan namozlaringiz soni oltitadan oshib ketgani sababli, siz «sohibi tartib» maqomidan chiqqansiz. Shu bois, siz qazolardan qat'iy nazar, har kunlik namozlarni o'z vaqtida o'qiyverasiz. Yig'ilib qolgan qazolaringizni kuchingiz etganicha harakat qilib, o'qib tugatasiz. Vallohu a'lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar