Assalomu alaykum rohmatullohi va barokatuh! Savolim shundan iborat-ki , bir inson ish topib berib evaziga anashu ishlagan ishchilardan pul olsa yoki ishlab topgan pulini qanchadir foizini olsa boʻladimi?Ish topib bergan kishi u ishda ishlamaydi.Lekin pul berayotgan ishchilar hammalari rozi.Javobingiz uchun kattakon rahmat Alloh taolo barchalaringizdan rozi boʻlsin
Va alaykum assalom. Ha o‘rtada turib dallol sifatida haq olsa bo‘ladi. Dallolik ko‘pincha savdoda, oldi-sotti masalalarida bo‘ladi. Ammo ishchi va ish beruvchi o‘rtasida ham bo‘lishi mumkin. Dallol gohida ishchi tarafidan, gohida ish beruvchi tarafidan, gohida esa ikkisi tarafidan ham vakil bo‘ladi. Agar dallol yolg‘on, firib, aldov qilmasdan faoliyat yuritsa, bu uchun haq olishi joiz hisoblanadi. Dallolning haq olishi va uning qaysi tomondan bo‘lishi urf-odatga ko‘ra bo‘ladi. Urfda sotuvchi, yoki xaridor, (ishchi yoki ish beruvchi ham shunday) yo har ikki tomon dallol haqqini beradigan bo‘lsa, shundan kelib chiqib ish faoliyatini yuritishi joiz hisoblanadi ("Durarul hukkam" kitobi). Vallohu a’lam.