ASSALAMU ALEYKUM KASAM IChIB BUZIB KUYSA KAFOROTINI 10 KIShIGA YEMASU KAMBAGAL KUShNISIGA BERSA BULADIMI YOKI MARDIKOR BOZORDA IShLAYDIGAN AKALARGA BERSA BULADI JAVOB UChUN RAXMAT OLLOX ROZI BULSIN
Fiqhga ko‘ra, ichilgan qasamni buzganlik kafforoti o‘nta miskinni bir kun ikki mahal qornini to‘ydirish yoki ularga libos olib berishdir. Bunga qodir bo‘lmagan kishi uch kun ketma-ket ro‘za tutadi. Kafforotni bir kishiga berish masalasida biroz tafsilot bor: Kafforotni bir nafar kambag‘al insonga bir kunda o‘n kishilik taom miqdorini berish bilan kafforot ado etilmaydi. Chunki oyati karimada "o‘nta miskinni taomlantirish" deyilgan. Biroq, o‘sha bir kishiga o‘n kun davomida har kuni bir miskinning taomini berib borsa, durust bo‘ladi. Mardikor bozordagi ishchilarga berishga kelsak, agar ular shar’an faqir (ya’ni, zaruriy ehtiyojidan ortiqcha nisob miqdorida moli yo‘q) hisoblansa va ularning soni o‘n nafar bo‘lsa, ularga bir kunda ikki mahal ovqat berib yoki uning qiymatini taqsimlab bersangiz, kafforotingiz ado etiladi. Eng muhimi, kafforot o‘n nafar alohida-alohida muhtoj kishiga yetib borishidir. Vallohu a’lam.