KASAL QO‘YNI SO‘YGANDA HECH QANDAY HARAKAT SEZILMASA

ID: 340

04.04.2025

58

Savol:

Bir qo‘yimiz kasal bo‘lib qolgan edi, halollash uchun so‘yganimda qon chiqdi, lekin hech qanday harakatni sezmadim. Shuni hukmi qanday bo‘ladi?

Javob:

Bismillahir Rohmanir Rohim.

Kasal qo‘yni so‘yganda hech qanday harakat sezilmay, faqat qon chiqsa, u holda qaraladi: qon xuddi tirik hayvondagi kabi shiddat bilan otilib chiqsa, uni go‘shti halol. Agar qon tirik hayvonniki kabi chiqmasdan sekin oqsa, uni go‘shti halol emas, chunki o‘lgan hayvonning qoni ham darrov qotib qolmaydi. Bu mavzuda “Javharotun-nayyira” kitobida shunday deyiladi:

وَإِنْ ذَبَحَ شَاةً أَوْ بَقَرَةً وَتَحَرَّكَتْ وَخَرَجَ مِنْهَا الدَّمُ أُكِلَتْ وَإِنْ لَمْ تَتَحَرَّك وَلَمْ يَخْرُجْ مِنْهَا الدَّمُ لَمْ تُؤْكَلْ وَإِنْ تَحَرَّكَتْ وَلَمْ يَخْرُجْ مِنْهَا الدَّمُ أُكِلَتْ وَإِنْ خَرَجَ مِنْهَا الدَّمُ وَلَمْ تَتَحَرَّك وَخُرُوجُهُ مِثْلُ مَا يَخْرُجُ مِنْ الْحَيِّ أُكِلَتْ عِنْدَ أَبِي حَنِيفَةَ وَبِهِ نَأْخُذُ كَذَا فِي الْيَنَابِيعِ

“Qo‘y yoki sigirni so‘yganda, u harakatlansa va qon chiqsa, go‘shti yeyiladi. Agar harakatlanmasa va qon chiqmasa, go‘shti yeyilmaydi. Agar harakatlansayu qon chiqmasa ham, go‘shti yeyiladi. Qon chiqsayu harakatlanmasa, qon chiqishi xuddi tirik hayvonniki kabi bo‘lsa, Abu Hanifa rahimahullohning nazdida yeyiladi. Mana shu gapni olamiz. “Yanobi’” kitobida shunday kelgan”.

Yana shuni bilish kerakki, hayvonning ba’zi harakatlari uning tirikligini bildirib tursa, ba’zilari esa, uning o‘lganiga dalolat qiladi. Bu haqda “Bahrur-roiq” kitobida shunday deyiladi:

وَ قَالَ مُحَمَّدُ بْنُ سَلَمَةَ : إنْ فَتَحْتَ فَاهَا لَا تُؤْكَلْ ، وَإِنْ ضَمَّتْهُ تُؤْكَلُ ، وَإِنْ فَتَحَتْ عَيْنَهَا لَا تُؤْكَلُ ، وَإِنْ ضَمَّتْ عَيْنَهَا أُكِلَتْ ، وَإِنْ مَدَّتْ رِجْلَهَا لَا تُؤْكَلُ ، وَإِنْ ضَمَّتْهَا تُؤْكَلُ ، وَإِنْ قَامَ شَعْرُهَا تُؤْكَلُ ، وَإِنْ نَامَ لَا تُؤْكَلُ وَهَذَا صَحِيحٌ لِأَنَّ الْحَيَوَانَ يَسْتَرْخِي بِالْمَوْتِ فَفَتْحُ الْفَمِ وَالْعَيْنِ وَمَدُّ الرِّجْلِ وَنَوْمُ الشَّعْرِ عَلَامَةُ الْمَوْتِ لِأَنَّهَا اسْتِرْخَاءٌ ، وَضَمُّ الْفَمِ وَتَغْمِيضُ الْعَيْنِ وَقَبْضُ الرِّجْلِ وَقِيَامُ الشَّعْرِ لَيْسَ بِاسْتِرْخَاءٍ بَلْ حَرَكَاتٌ تَخْتَصُّ بِالْحَيِّ فَتَدُلُّ عَلَى الْحَيَاةِ ، 

“Muhammad ibn Salama aytadi: "(Agar kasal qo‘yni so‘yganda) og‘zini ochsa, yeyilmaydi, og‘zini yumsa, yeyiladi. Ko‘zini ochsa, yeyilmaydi, ko‘zini yumsa, yeyiladi. Oyog‘ini cho‘zsa, yeyilmaydi, oyog‘ini yig‘ib olsa, yeyiladi. Yunglari tikka bo‘lsa, yeyiladi, junlari yotib qolsa, yeyilmaydi. Bu so‘z sahihdir. Chunki hayvon o‘lsa, bo‘shashadi. Og‘izni ochish, ko‘zni ochish, oyoqni cho‘zish, yungni yotishi o‘lim alomati, chunki bu narsalar bo‘shashishdir. Og‘izni yumish, ko‘zni yumish, oyoqni yig‘ib olish, yungi tik bo‘lishi, tirikka xos bo‘lgan harakatdir. Demak bu ishlar hayvonnig tirik ekanligiga dalolat qiladi”.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi  Fatvo markazi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar