Mani Onam bir ayolga qaridila usha Ayolli kuchugi bor,hozirgi holatta u kuchuk juda oğir kasal va yurgan joyida òzidan noxush hid tarqatadi.Kuchukni òziyam kasalligi sabab judayam qiynalvotti.Veterinarla shu kuchukni ukol qilib òldirvorila dvotti lekn uni egasi bir qari ayol. Shu ayol bunaqa qilinishiga norozi va Onamham dori ichirvorishga qollari bormayapti sababi qotil bopqomi dvottila. Shu kuchukni òz holiga qoyilikmi yòki òldirvorganimiz afzalmi?
Bismillahir Rohmanir Rohim. Agar it haqiqatda qattiq jarohatlanib, uni tuzatish imkoni bo'lmasa va bu hayvonga mashaqqat bo'layotgan bo'lsa uni ortiqcha qiynalmasligi hamda tezroq jon taslim qilib, azobdan qutulishi uchun egasini roziligi bilan so'yib qo'yish yoki ozor bermasdan o'ldirish mumkin. Bu haqda "Fatovo Hindiya" kitobida quyidagicha kelgan:
وكذا الحمار إذا مرض ولا ينتفع به فلا بأس بأن يذبح فيستراح منه
"Shuningdek, agar eshak kasal bo'lib, undan foydalanish imkoni qolmasa, azobdan xalos etish uchun so'yishlikni zarari yo'q". Vallohu a'lam.