CHAQMOQULOV KASALLIGINI DAVOLASH UCHUN XO'ROZ SO'YDIRISH

ID: 5602

29.12.2025

120

Savol:

Assalomu alaykum hurmatli ustozlar. Qo‘limdan toshmaga o‘xshash donachalar chiqgan. Biz buni shifokorlar aniqlay olishmaydi va turli-tuman dorilar yozib beradi deb taxmin qilib,toshmalarni eskichadan bo‘lgan "chaqmoqulov" nomli kasallik bo‘lsa kerak deb,qishlog‘imizdagi "chaqmoqulov"ni davolovchi odamning oldiga bordik. "Tabib" esa bir parcha paxtani yoqib,boshida fotiha va ixlos suralarini o‘qidi,keyin esa bobolarining ismlarini aytib duolar qilib ikkita qachmoq toshni bir-biriga ishqalab,chaqmoq chiqarmoqchi bo‘ldi,ammo chaqmoq chiqmagandan so‘ng bobolarimga sig‘in keyin chaqmoq chiqadi, dedi. Men bobolariga sig‘inmasam ham chaqmoq chiqdi,so‘ng kuygan paxtani qo‘limga surtdi. Va 3 kun kelasan, 2-kuni qizil xo‘roz olib kelasan,xo‘rozning tojidan qon olib qo‘lingdagi toshmalarga surtaman deb aytdi. Men esa unga ishonmadim,chunki u xo‘rozni o‘ziga olib qoladi,bobolarini,turli tabiatga oid narsalarni qo‘shib duo qildi,boshidagi fotiha va ixlos suralarini buzib aytdi. Shu masala bo‘yicha maslahatlaringiz kerak. U tabibning ishlari to‘g‘rimi va shu yo‘l orqali davo topish shar'iy jihatdan joizmi? Lekin ko‘pchilik odam shu kasaldan shu tabib tufayli tuzalgan. Masalan akam va ukam. Shifokorlar turli tuman dorilar yozib beradi va bu kabi kasalliklarni aniqlay olishmaydi,masalan yurak tushish kabi kasalliklarni, bu tabib esa oson yo‘l bilan davolaydi.

Javob:

Va alaykum assalom. Bu ish xurofot ish bo'lib bu shar'an joiz emas. Davolash deganda shu toshmalarni yo'qolishinigina nazarda tutib bo'lmaydi. U kishi toshmani davolash evaziga imonni, e'tiqodni yaralab, majruh qilib qo'yar ekan. Chunki Oyatlarni o'qib dam solishdan boshqa ishlari hammasi xato. Vallohu a'lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar