YUZGA NIQOB TAQQAN HOLDA NAMOZ O‘QISH MUMKINMI?

ID: 843

04.04.2025

24

Savol:

Bugungi kunda “Koronavirus” epidemiyasi sababli yuzga tibbiy niqoblar (maska) taqilmoqda. Namozni maska taqqan holda o‘qish mumkinmi?

Javob:

Bismillahir rohmanir rohiym.

Odatdagi holatlarda yuzni yopib namoz o‘qish makruh (https://t.me/diniysavollar/645). Lekin uzrli sabab bo‘lsa makruh emas, joiz bo‘ladi.

Bu haqida Alloma Ibn Obidin shunday deydilar:

( قَوْلُهُ وَالتَّلَثُّمُ ) وَهُوَ تَغْطِيَةُ الْأَنْفِ وَالْفَمِ فِي الصَّلَاةِ لِأَنَّهُ يُشْبِهُ فِعْلَ الْمَجُوسِ حَالَ عِبَادَتِهِمْ النِّيرَانَ زَيْلَعِيٌّ

ya’ni: "(Namozning makruhlaridan biri “talassum”dir) “talassum” namozda burun va og‘izni yopishdir. Makruhligining sababi majusiylarning olovga sig‘inayotgan holatiga o‘xshaydi” (“Raddul muhtor” kitobi).

Hozirgi kunda niqob taqish muhim ehtiyot choralaridan biri bo‘lgani uchun begonalar bilan jamoat bo‘lib qolsa, kasallikdan saqlanish uchun uni taqish uzrli sababdir, makruh bo‘lmaydi. Uyda o‘zi yoki oila a’zolari bilan namoz o‘qiganda esa niqob taqmasdan o‘qiydi. Zotan, namozdan avval ham oila a’zolari bilan niqobsiz muomala qilib turgan bo‘ladi. Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi  Fatvo markazi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar