Assalomu alaykum. Junub odam Kur'on oyatlariga telefon ekranida ko'z юgurtirib qarasa bo'ladimi? Ovoz chiqarib o'qimasdan. Ovozini chikarmasdan ekranga qarab ichidan xayolidan o'qisa mumkinmi?
Va alaykum assalom va rohmatullohi va barokatuh. Bismillahir rohmanir rohim. Junub odam Qur'oni karimni tilovat qilishi mumkin emas. Tilovat deganda eng kami o'zi eshitadigan darajada talaffuz qilish tushuniladi. Agar harflarni talaffuz qilmay, faqat xayoldan o'tkazib ko'z юgurtirsa, bu tilovat qilish hisoblanmaydi va joiz sanaladi. Tahoratsiz yoki junub odam telefon ekranida Qur'oni karim ochiq turganida ekranga qo'li bilan teginishi masalasiga kelsak, bir qator olimlar buni joiz emas, chunki bu Qur'on kitobini ushlashga o'xshaydi, deganlar. Shuning uchun ekranni qo'l bilan ushlamay, maxsus qalamlardan yoki biror matodan foydalaning. Vallohu a'lam.