Assalomu alaykum, ustoz. G'uslsiz saharlik qilib, keyin g'usl qilsa ham bo'ladimi?
Vaalaykum assalom. Inson imkon qadar tezroq poklanishga shoshilgani matlubdir. Shu bois vaqt etarli bo'lsa, avval g'usl qilib, so'ngra saharlik qilish afzal sanaladi. Ammo saharlik vaqti tugab qolish xavfi bo'lsa, avratlarni юvib, imkon qadar tahorat olib saharlik qilishga kirishgan ma'qul. Shunday qilinsa, junub holatda saharlik qilishga shar'an monelik yo'q va bu gunoh hisoblanmaydi. «Fatovoi Olamgiriya» kitobida bu haqda shunday deyilgan:
الْجُنُبُ إذَا أَخَّرَ الِاغْتِسَالَ إلَى وَقْتِ الصَّلَاةِ لَا يَأْثَمُ. كَذَا فِي الْمُحِيطِ.
«Junub kishi g'usl qilishni namoz vaqti (kirguni)gacha kechiktirsa, gunohkor bo'lmaydi. "Muhit" kitobida shunday kelgan». Vallohu a'lam.