Assalom alaykum. Junub holatda Qur'oni karimni yoddan tilovat qilish yoki eshitish mumkinmi?
Vaalaykum assalom. Shariatimiz ahkomlariga ko'ra, junub holatda Qur'oni karimni tilovat qilish mumkin emas. Biroq, boshqa kishining tilovatini eshitish joizdir. Shunday bo'lsa-da, junub bo'lgan kishi imkon qadar tezroq g'usl qilib, poklanib olishi maqsadga muvofiqdir. Vallohu a'lam.