JUNUB HOLATDA HAYZ KELIB QOLSA

ID: 326

04.04.2025

65

Savol:

Ayol kishi jinsiy aloqadan keyin hayz kelib qolsa, junubligi uchun g‘usl qiladimi yoki hayz tugagandan keyin g‘usl qilish vojib bo‘ladimi?

Javob:

Bismillahir Rohmanir Rohim.

G‘usl vojib bo‘lmaydi. Alloh taolo Qur’ni karimda shunday marhamat qilgan:

«يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا إِذَا قُمْتُمْ إِلَى الصَّلَاةِ فَاغْسِلُوا وُجُوهَكُمْ وَأَيْدِيَكُمْ إِلَى الْمَرَافِقِ وَامْسَحُوا بِرُءُوسِكُمْ وَأَرْجُلَكُمْ إِلَى الْكَعْبَيْنِ وَإِنْ كُنْتُمْ جُنُبًا فَاطَّهَّرُوا» (المائدة،5 / 6). 

Ya’ni: “Ey, imon keltirganlar! Namoz (o‘qish)ga turar ekansiz, albatta, yuzlaringizni, qo‘llaringizni tirsaklarigacha yuvingiz, boshlaringizga mash tortingiz va oyoqlaringizni to‘piqlarigacha (yuvingiz)! Agar junub bo‘lsangiz, obdon poklaningiz (cho‘milingiz)!” (Moida surasi 5-6 oyat).

Ushbu oyati karima orqali janobatdan poklik namozga bog‘liq ekani ma’lum bo‘ladi. Hayz paytida ayol kishidan namozlar soqit bo‘lgani sababli g‘usl qilish ham vojib bo‘lmaydi. Hayzi tugaganidan keyin bir marta g‘usl qilib olishi kifoya qiladi. Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi  Fatvo markazi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar